INGLIZ TILIDAGI DINIY TERMINOLOGIYANING MADANIY VA DINIY INTERPRETATSIYASI
Abstract
“Ingliz tilidagi diniy terminlar va ularning madaniy konteksti” mavzusi, ingliz tilidagi diniy atamalar va iboralarining madaniy, tarixiy va ijtimoiy asoslarini tahlil qiladi. Ushbu mavzu diniy terminologiyaning tilshunoslikdagi ahamiyatini, ularning jamiyatda qanday shakllanib, qanday ma'nolarni aks ettirishini o'rganadi. Shuningdek, diniy so'zlarning madaniy tafovutlarni ifodalashda qanday rol o'ynashi, va ularning turli diniy oqimlar va jamiyatlarda qanday farqlanishi tahlil qilinadi. Mavzu ingliz tilining diniy va madaniy o'ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.