JAMIYATNING BO’G’INI VA BIR QANCHA FANLARNING OB’EKTI - SHAXSNI NAZARIY JIHATDAN TAHLILI
Keywords:
Shaxs, yetuklik, jamiyat, munosabat, muomala, psixolog, kuzatuv, ijtimoiy - psixologik tizimi.Abstract
Shaxs muammosini o’rganish nafaqat psixologiya balki, sotsiologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, pedagogika umuman olganda insonni ishtiroki va roli bo’lgan har bir sohada o’rganilishi va tadqiq qilinishi muqarrar. Pedagogik jamoalarda shaxs pixodiagnostikasining amalga oshirilishi nafaqat uyushgan jamoaning garovidir. Psixologiyada shaxs muammosi va shaxsning ijtimoiy - psixologik tizimini psixodiognostikasini tadqiq qilish pedagogik jamolarni o’rganishda ahamiyatli hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalovchi makro va mikro muhit tushunchasi. Maʼlumki, shaxsni ko’plab fanlar turli xil tomondan o’rganadi. Bir yo’nalish biologik bo’lsa, boshqasi sotsiologik, yana bir turi individual psixologik va nihoyat, yana bir yondashuv ijtimoiy psixologikdir. Biologik nuqtai nazardan shaxs taraqqiyoti individ nasliy jihatdan orttirgan genetik dasturlarning amalda ro’yobga chiqishi tarzida tasavvur etiladi. Sotsiologik yondashuv shaxsning madaniy-tarixiy muhit taʼsirida kamol topishini tan oladi. Ulardan farqli individual-psixologik yondashuv shaxsning rivojlanishiga uning tana tuzilishi yoki konstitutsional jihatlari va asab tizimi tipining taʼsiri borligini taʼkidlab, o’rganadi.