PSIXOLOGIK TRAVMANING DESTRUKTIV XULQ SHAKLLANISHIDAGI ROLI

Authors

  • Fazilat Kulmamatova Denоv tadbirkоrlik va pedagоgika instituti o‘qituvchisi Author

Keywords:

Psixologik travma, destruktiv xulq, agressivlik, stress, ruhiy jarohat, o‘z-o‘zini zarar yetkazish, reabilitatsiya, emotsional buzilishlar.

Abstract

Ushbu ishda psixologik travmaning inson shaxsiyatining rivojlanishi va xulq-atvorining shakllanishidagi roli tahlil qilinadi. Psixologik travma — hayotiy muhim hodisalar yoki uzoq davom etgan salbiy tajribalar natijasida yuzaga keladigan ruhiy jarohat bo‘lib, u insonning ijtimoiy, emotsional va kognitiv funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ishda travmatik tajribalar asosida yuzaga keladigan destruktiv xulq-shakllar, jumladan, agressivlik, izolyatsiya, o‘z-o‘zini zarar yetkazish va boshqalar misol sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, travmaning xulqiy buzilishlarga olib kelish mexanizmlari va uning psixologik reabilitatsiyada ahamiyati yoritiladi. Ish psixologik travmani oldini olish, aniqlash va unga qarshi samarali psixologik yordam ko‘rsatish yo‘llarini tavsiya etadi, shuningdek, shaxsning salbiy xulq shakllaridan qutulishi uchun ijtimoiy va shaxsiy resurslarni rivojlantirish zaruriyatini ta’kidlaydi.

Downloads

Published

2025-07-01

Issue

Section

Articles

How to Cite

PSIXOLOGIK TRAVMANING DESTRUKTIV XULQ SHAKLLANISHIDAGI ROLI. (2025). Innovate Conferences, 40-44. https://innovateconferences.org/index.php/ic/article/view/273