SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIYOTI VA TURIZM: INTEGRATSIYA VA RIVOJLANISH YO‘LLARI
Keywords:
turizm, infratuzilma, meros, ekoturizm, investitsiya, sayyohlik, bandlike.Abstract
Viloyatning tabiiy resurslari, tarixiy-madaniy obidalari, ekologik imkoniyatlari va noyob etnik merosi turizm salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ortishi, turizm infratuzilmasining kengayishi va xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi mahalliy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish sifati, marketing faoliyati va mutaxassislar yetishmovchiligi kabi muammolar mavjud. Turizmning yanada rivojlanishi Surxondaryoni nafaqat milliy, balki mintaqaviy turizm markaziga aylantirishi kutilmoqda. Ushbu maqolada shu haqida so’z borib, yechimlar taklif qilinadi.