ISLOM MOLIYASINING YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHDAGI ROLI: INVESTITSION JIHATLAR
Keywords:
Islom moliyasi, yashil iqtisodiyot, sukuk, mudoraba, investitsiya, ekologik loyihalar, shariat moliyasi, barqaror rivojlanish.Abstract
Mazkur tezisda Islom moliyasi vositalarining yashil iqtisodiyotga o‘tishda qanday iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot – bu ekologik barqaror, ijtimoiy adolatli va resurslarga tejamkor iqtisodiy model bo‘lib, unga o‘tish katta miqdorda moliyalashtirishni talab etadi. Shu o‘rinda, islomiy moliyaviy vositalar — jumladan sukuk, mudoraba, musharaka va waqf kabi mexanizmlar ekologik toza loyihalarni shariat tamoyillariga mos ravishda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Tezisda ushbu vositalarning investitsion salohiyati, xususan, Malayziya va Indoneziya tajribasi asosida tahlil qilinadi va O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.