BOLANING ILK MAKTAB DAVRIDA KOGNITIV RIVOJLANISHIDA O‘QITUVCHI VA ONA HAMKORLIGINING AHAMIYATI
Keywords:
kognitiv rivojlanish, kompetensiya, nazariya, ilk maktab davri, o‘qituvchi, ona, hamkorlik, Vigotskiy, Piaje, pedagogik psixologiya.Abstract
Mazkur maqolada bolaning ilk maktab davrida kognitiv rivojlanishi jarayonida o‘qituvchi va ona hamkorligining o‘ziga xos o‘rni tahlil qilingan. Zamonaviy pedagogik va kognitiv psixologiya nazariyalari asosida onaning mehr-muhabbat va emotsional qo‘llab-quvvatlash orqali bola ongini boyitishdagi vazifalari hamda o‘qituvchining ta’limiy dastur va metodikalar orqali kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqotda V.Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi, J.Piaje kognitiv rivojlanish bosqichlari va zamonaviy etnopedagogik tadqiqotlar asosida ilmiy tahlil olib borilgan. Natijada bolaning kognitiv rivojlanishi samaradorligi uchun oila (ona) va maktab (o‘qituvchi) o‘rtasidagi hamkorlikning tizimli va uyg‘un bo‘lishi zarurligi ilmiy asoslangan.