COVID-19 PANDEMIYASI SHAROITIDA IMMUN TIZIMINING O‘ZGARISHLARI VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
COVID-19, SARS-CoV - 2, immun tizim, T - hujayra, B-hujayra, sitokin bo‘roni, limfotsitopeniya, vaksina.Abstract
Ushbu maqolada COVID - 19 pandemiyasi davrida inson immun tizimida kuzatilgan o‘zgarishlar va ularning klinik ahamiyati tahlil qilingan. SARS-CoV-2 koronavirusining hujayraga kirish mexanizmlari, xususan ACE2 retseptorlari orqali tarqalishi va buning natijasida nafaqat respirator tizim, balki yurak, buyrak va boshqa organlarning ham zararlanishi yoritilgan. T-hujayra va B-hujayralarning virusga qarshi javobi, CD4+ va CD8+ T-limfotsitlarning kamayishi bilan bog‘liq immun disbalans, sitokin bo‘roni va limfotsitopeniya kabi jarayonlarning kasallik og‘irligiga taʻsiri yoritilgan. Shuningdek, monoklonal antitanachalar, rekonvalessent plazma terapiyasi, IL - 6 inhibitirlari hamda mRNA va adenovirus asosidagi vaksinalarning immunitet shakllanishidagi roli ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari COVID - 19 oqibatlarini kamaytirishda immun tizimni chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.