PEDAGOGNING SHAXSIY SIFATLARI VA ULARNING MASHG‘ULOT SIFATIGA TA’SIRI
Keywords:
Pedagog shaxsi, psixologik ta’sir, liderlik, emotsional intellekt, talaba, o‘quv motivatsiyasi, pedagogik takt, avtoritet.Abstract
Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalaridagi pedagog shaxsining integral jihatlari – kasbiy kompetensiya, psixologik xususiyatlar, axloqiy qadriyatlar va ayniqsa, liderlik sifatlarining o‘quv-tarbiya jarayonidagi talabalarga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri tahlil qilindi. Pedagogning shaxsiy namunasi, emotsional intellekti va kommunikativ mahorati talabalarning bilim o‘zlashtirishi, ijtimoiylashuvi va kasbiy dunyoqarashining shakllanishiga qanday ta’sir etishi, shuningdek, talaba-pedagog munosabatlaridagi psixologik mexanizmlar keng yoritilgan. Ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun pedagoglarning shaxsiy-psixologik yetukligini rivojlantirish zarurligi asoslandi.
