OLIY TA’LIM TIZIMI TALABALARIDA TIL O‘RGANISH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI
Keywords:
Oliy ta’lim, chet tillar, pedagogik yondashuvlar, til o‘rganish qobiliyati, muloqot ko‘nikmalari.Abstract
Maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning chet tillarini o‘zlashtirish jarayoniga oid pedagogik omillar tahlil qilinadi. Mazkur jarayonning asosiy komponentlari sifatida motivatsion, kognitiv, kommunikativ, psixologik va zamonaviy texnologiyalar asosidagi yondashuvlar ta’riflanadi. Ushbu omillar talabalarda chet tillardagi muloqot ko‘nikmalari shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlovchi ilmiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Maqola oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, chet tillari o‘qituvchilariga darslarni samaradorligini oshirish borasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi amaliy ahamiyatga ega.
