INKLUZIV TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Authors

  • Usmonova Moxiraxon Maxammadjon qizi University of business of science nodavlat oliy ta’lim muassasasi magistri Author

Keywords:

inkluziv ta’lim, o‘qituvchi kompetensiyasi, differensial ta’lim, psixologik yondashuv, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy integratsiya, korporativ o‘qitish, o‘quv jarayonini moslashtirish, trening va seminar, stressni boshqarish.

Abstract

Mazkur maqolada inkluziv ta’lim jarayonida o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Inkluziv ta’lim barcha o‘quvchilarning, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarning teng ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Kasbiy kompetensiya faqatgina o‘qituvchining pedagogik bilimlari va dars o‘tish ko‘nikmalarini emas, balki psixologik yondashuvlar, kommunikativ mahorat, didaktik vositalardan foydalanish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi.Maqolada, avvalo, inkluziv ta’limning mazmuni, uning ijtimoiy va pedagogik ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Inkluziv sinflarda har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini inobatga olib, dars jarayonini moslashtirishning muhimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish uchun treninglar, seminarlar, masofaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati kabi mexanizmlar muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.

Published

2025-03-21

Issue

Section

Articles

How to Cite

INKLUZIV TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI. (2025). Innovate Conferences, 1-9. https://innovateconferences.org/index.php/ic/article/view/70