INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA XALQ TABOBATI TERMINOLOGIYASINING TARQALISHI VA EVOLYUTSIYASIDA FOLKLOR ELEMENTLARINING ROLI
Keywords:
xalq tabobati, terminologiya, folklor, qiyosiy tahlil, ingliz tili, o'zbek tili, etnolingvistika, madaniy meros.Abstract
Ushbu tadqiqot ingliz va o'zbek tillarida xalq tabobati terminologiyasining tarqalishi va evolyutsiyasida folklor elementlarining o'rnini qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot davomida har ikki tilga xos bo'lgan afsonalar, rivoyatlar, maqollar, matallar va boshqa folklor janrlarining xalq tabobati bilan bog'liq tushunchalar, amaliyotlar va terminlarning shakllanishi, saqlanishi va avloddan avlodga o'tishidagi roli o'rganiladi. Qiyosiy tahlil orqali folklor elementlarining terminologiyaga ta'siri, o'xshash va farqli jihatlari aniqlanadi hamda xalq tabobatining lingvistik va madaniy xususiyatlari ochib beriladi.
