XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNI RAG‘BATLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Bugungi globallashuv, xalqaro iqtisodiy integratsiya va transmilliy kapital harakati jadallashgan sharoitda xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ularning modernizatsiyasi va innovatsion rivojlanishiga turtki beruvchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Xalqaro kapital oqimlari ishlab chiqarish jarayonlarini texnik va texnologik yangilash, mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini kengaytirish orqali iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishning xalqaro standartlarga moslashuvini tezlashtiradi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish tizimini rivojlantiradi hamda iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi integratsion aloqalarni mustahkamlaydi.
