TURIZM SOHASI ORQALI SURXONDARYO VILOYAT IQTISODIYOTINI MUSTAHKAMLASH
Keywords:
infratuzilma, iqtisodiyot, turizm, sayyohlik, bandlik, tarixiy meros, ekoturizm, investitsiya, rivojlanish.Abstract
Jahon miqyosida turizm iqtisodiy rivojlanishning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, 2019-yilda global YaIMning 10,4 foizini tashkil etgan. 2022-yilda pandemiyadan so‘ng sayyohlar soni 960 millionga yetib, xalqaro turizm global yalpi ichki mahsulotning 9,1 foizini qayta tikladi. MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston turizm sohasida yetakchi hisoblanadi. Jumladan, Rossiyada 2022-yilda 25 milliondan ortiq sayyoh qayd etilgan, Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkich 8,5 millionni tashkil etdi. O‘zbekistonda 2022-yilda 5,2 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2021-yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘pdir. Surxondaryo viloyatida turizm salohiyati yuqori bo‘lsa-da, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda viloyatda turizm xizmatlari hajmi 310 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu viloyat YAIMining qariyb 3,2 foizini tashkil qiladi. Turizm infratuzilmasida 120 dan ortiq mehmonxona va turar joy maskanlari, 45 ta turizm agentligi faoliyat yuritmoqda. Turizmning yanada rivojlanishi Surxondaryoni nafaqat milliy, balki mintaqaviy turizm markaziga aylantirishi kutilmoqda. Ushbu maqolada shu haqida so‘z borib, yechimlar taklif qilinadi.